“Liverpul” 7 yil deganda “Chelsi”ni o'z maydonida mag'lub etdi

Mersisaydliklar noxush ananaga barham berdi.

Kecha “Liverpul” “Chelsi”ni APLning 34-turi doirasida o'z maydonida qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Natijada “qizillar” 7 yillik noxush ananaga yakun yasadi. Qizig'i “Liverpul” “Chelsi”ni barcha musobaqalarni hisobga olsa, 5 ta o'yindan beri (2 ta mag'lubiyat, 3 ta durang) mag'lub eta olmay kelayotgandi. “Liverpul” so'nggi bor London klubini safarda 2016 yil sentyabrida 2:1 hisobida yutgan edi.

 “Enfild”da esa “qizillar” “aristokratlar”ni so'nggi bor 2012 yil mayida mag'lub qilgandi. Shundan beri “Chelsi” 3 ta o'yinda g'alaba qozongan bo'lsa, 5 ta o'yinda durang qayd etilgan.


Manba: Opta