Liverpul 30 yil kutilgan chempionlikni qanday nishonladi?! GALEREYA

Tolibjon Qosimov
26 iyun 2020
Kecha Angliya Premer-ligasi 31-turi doirasida "Chelsi" jamoasi "Manchester Siti"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Gvardiola shogirdlarining ushbu mag'lubiyati "Liverpul"ni muddatidan oldin chempionga aylantirdi. APL tugashiga 7 tur qolganda "Liverpul" va "Manchester Siti" orasidagi farq 23 ochkoni tashkil etmoqda. Qolgan barcha turda Klopp shogirdlari mag'lub bo'lgan taqdirda ham raqiblari ularga eta olishmaydi.

Video Liverpul muxlislariga bag'ishlangan ajoyib animacion rolik, Chempionlik muborak bo'lsin!

Xo'sh, kecha tunda Liverpul shahri 30 yil kutilgan chempionlikni qanday nishonladi? Bu savolga javobni quyidagi suratlardan olishingiz mumkin.

"Liverpul" futbolchilari o'yinni mehmonxonada birga ko'rishdi va final xushtagidan so'ng bayram qilishdi.


Muxlislar "Enfild" atrofida to'plangan holda uzoq kutilgan chempionlikni nishonlashdi.


Bu bolakay sevimli jamoasining oldingi chempionligini ko'rmagan.




Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia