"Liverpul" 18 yoshli xavbek bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi

Alisher
10 iyul 2021, 18:01
"Liverpul" yarim himoyachi Xarvi Elliott bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

18 yoshli futbolchining shartnoma uzoq muddatga mo'ljallangan.

Yarim himoyachi o'tgan mavsumni ijara asosida "Blekbern"da o'tkazdi.

Elliott Chempionship doirasidagi 41ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 11ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: liverpoolfc.com