

JCH, H guruhi, 2-tur
Ispaniya - Saudiya Arabistoni 4:0
Gollar: 11 - Lamin Yamal, 21, 24 - Mikel Oyarsabal, 49 - Xassan Al-Tambakti (avtogol)
Ispaniya: 23. Unay Simon, 22. Pau Kubarsi, 14. Emerik Laport, 24. Mark Kukurelya, 12. Pedro Porro, 16. Rodri, 20. Pedri (8. Fabian Ruis, 70’), 10. Dani Olmo (6. Mikel Merino, 61’), 19. Lamin Yamal (11. Yeremi Pino, 46’), 21. Mikel Oyarsabal (7. Ferran Torres, 46’), 15. Aleks Baena (17. Niko Uilyams, 61’).
Zaxira: 1. David Rayya, 13. Joan Garsiya, 2. Mark Pubil, 3. Alexandro Grimaldo, 4. Erik Garsiya, 5. Markos Lorente, 9. Gavi, 18. Martin Subimendi, 25. Viktor Munos, 26. Borxa Iglesias.
Saudiya Arabistoni: 21. Muhammad Al-Ovais, 5. Xassan Al-Tambakti, 4. Abdulela Al-Amri (18. Ala'a Al-Xaji, 61’), 12. Saud Abdulxamid, 24. Moteb Al-Xarbi, 3. Ali Lajami, 15. Abdulla Al-Xaybari (23. Muhammad Kanno, 46’), 7. Musab Al-Juvair (19. Abdulla Al-Xamdan, 46’), 10. Salim Al-Davsari, 6. Nasser Al-Davsari (17. Xalid Al-Gannam, 90’), 9. Firas Al-Buraykan (26. Muhammad Abu Al-Shamat, 61’).
Zaxira: 1. Navaf Al-Akidi, 22. Axmed Al-Kassar, 2. Ali Majrashi, 13. Navaf Al-Bushal, 14. Xassan Kadesh, 25. Jexad Takri, 16. Ziyad Al-Joxani, 8. Ayman Yahyo, 11. Salex Al-Shexri, 20. Sultan Mandash.
Ogohlantirishlar: 30 - Salim Al-Davsari, 60 - Muhammad Kanno
⚽️ 90+8. O'yin yakunlandi!
90+5. VAR uch daqiqa tekshirdi gol urilgan vaziyatdagi offsaydni :)
📺 90+2. GOL! Ferran hisobni yanada yiriklashtirgandi. Biroq Torres bu vaziyatda offsaydda qolib ketgan ekan.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.
89. Muhammad Kanno jarohat oldi, shekilli, unga bir necha daqiqadan buyon tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
82. Sal qolsa Al-Tambakti yana o'z darvozasiga to'p kiritib qo'yishi mumkin edi.
81. Al-Xamdanning uzoqdan yo'llagan zarbasini Simon qaytardi.
76. Ispanlar yana sekin-asta oldinga o'tishmoqda. Bunga qadar bahs asosan maydon markazida kechayotgandi.
68. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
65. Ferran Torres darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, noaniq zarba yo'lladi.
62. Ispanlar tempni biroz tushurishdi, oxirgi daqiqalarda aytarli xavfli vaziyat ko'rmadik.
🔄 61. Yana ikki jamoada o'zgarishlar amalga oshirildi.
53. Porro va Ferranning zarbalarini Saudiya posboni qaytardi!
50. Yana tezkor gol o'tkazdi Saudiya, ispanlar esa to'xtamoqchi emas.

⚽️ 49. GOL! Saudiya futbolchisi o'zi darvozasiga to'p kiritib qo'ydi! Kukurelyaning kuchli zarbasidan so'ng to'p darvozabon va himoyachiga tegib, darvoza to'ridan joy oldi.
🔄 46. Har ikki jamoada ikkitadan o'zgarishlar bo'ldi.
🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
🕘 45+5. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+4. Al-Dovsarining zarbasi muvaffaqiyatsiz chiqdi.
45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.
42. Oyarsabalning erlatib bergan zarbasi noaniq ketdi.
36. Yamalning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Al-Ovais qaytardi!
36. Oyarsabalning ajoyib zarbasi darvoza to'siniga tegdi…
35. Al-Amri Ispaniya darvozaboni oldinga chiqib ketganini ko'rib uzoqdan zarba berdi, biroq Unay to'pga ulgurdi.
29. Yana ispanlar oldinga yurish qilmoqda, o'yin tempi oshgan.
25. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
25. Xo'sh, buyog'iga o'yin ssenariysi qanday bo'ladi? Saudiya uyg'onarmikin?

⚽️ 24. GOL! Oyarsabaldan dubl! Zo'r kombinaciya bo'ldi, Olmoning bosh bilan bergan uzatmani Mikel darvozaga aniq joyladi!
22. Gol VARda ko'rildi, hammasi joyida, o'yin davom etadi.

⚽️ 21. GOL! Oyarsabal hisobni ikkitaga oshirdi! Olmoning zarbasidan keyin palapartishlik sodir bo'ldi Saudiya jarima maydonchasida, to'p Mikelga kelib tushdi va u gol urdi!
17. Oyarsabalning kuchli zarbasini Al-Ovais qaytardi.
15. Baena uzoq masofadan zarba berdi, ammo aniq bo'lmadi.
13. Pedri juda qulay vaziyatdan zarba berdi, biroq noaniq ketdi.
12. Ispanlar hisobni ochishdi va buyog'iga o'yin tizgini qaysi tomonga ketishini kuzatamiz.

⚽️ 11. GOL! Yamal hisobni ochdi! Oyarsabalning uzatmasini Lamin golga aylantirdi!
8. Burchakdan uzatilgan to'pga Olmo zarba berdi, biroq anchagina noaniq ketdi.
7. Saudiyaliklar qarshi hujumga o'tishdi, biroq hech kim yakuniy zarbani bera olmadi.
4. Yamalning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.
2. Ispanlar o'yinni faol boshladi. Baenaning zarbasiga raqib futbolchisi to'sqinlik qildi.
🕛 1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni JCH-2026 H guruhi 2-tur doirasidagi Ispaniya - Saudiya Arabistoni uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz.



