JCH. Fransiya ishonlchi hisobda Senegalni mag'lub etdi

17 iyun 2026, 02:05
2026 yilgi Jahon chempionatining I guruhi 1-turidan o'rin olgan Fransiya va Senegal terma jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi.

JCH, I guruhi, 1-tur

Fransiya - Senegal 3:1

Gollar: 66 - Kilian Mbappe, 82 - Bredli Barkola, 90+5 - Ibragim Mbaye, 90+6 - Kilian Mbappe

Fransiya: 16. Mik Menyan, 5. Jyul Kunde, 17. Vilyam Saliba, 4. Deotshankyul Upamekano, 19. Teo Ernandes, 8. Orelen Chuameni, 14. Adrien Rabo, 20. Dezire Due (24. Rayan Sherki, 87’), 11. Maykl Olise, 7. Usman Dembele (12. Bredli Barkola, 80’), 10. Kilian Mbappe.

Zaxira: 1. Bris Samba, 23. Roben Risser, 2. Malo Gyusto, 3. Lyuka Din, 15. Ibraima Konate, 21. Lukas Ernandes, 26. Maksans Lakrua, 6. Manu Kone, 13. N'Golo Kante, 18. Uorren Zair-Emeri, 25. Magnes Akliush, 9. Markus Tyuram, 22. Jan-Filipp Mateta.

Senegal: 16. Eduard Mendi, 19. Mussa Nyakate, 25. El-Xaji Malik Diuf, 3. Kalidu Kulibali, 15. Krepen Diatta, 5. Idrissa Geye (6. Pate Siss, 88’), 26. Pap Geye (13. Iliman Ndiaye, 83’), 8. Lamin Kamara (21. Xabib Diarra, 76’), 18. Ismaila Sarr (20. Ibragim Mbaye, 75’), 11. Nikolas Jekson (9. Bamba Deng, 83’), 10. Sadio Mane.

Zaxira: 1. Yevann Diuf, 23. Mori Dio, 2. Mamadu Sarr, 4. Abdulaye Sek, 14. Ismail Yakobs, 24. Antuan Mendi, 17. Pape Matar Sarr, 22. Bara Ndiaye, 7. Assane Diao, 12. Sherif Ndiaye.

🕘 90+11. O'yin yakunlandi!

90+10. Ux… sal qolsa Chuameni o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishi mumkin edi…

90+9. Kilian maydonda yotibdi, jarohat olganga o'xshaydi.

90+7. Bo'ldi shekilli, o'yin taqdiri hal.

gettyimages-2281330542-2048x2048.jpg

⚽️ 90+6. GOL! Mbappedan super gol! Kilian chamasi 25 metrlardan ajoyib zarba berdi va gol urdi!

90+5. Senegaldan kambek ko'ramizmi?

gettyimages-2281330794-2048x2048.jpg

⚽️ 90+5. GOL! Mbaye hisobni qisqartirdi! Ibragimning kuchli zarbasi golga aylandi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 8 daqiqa qo'shib berildi.

85. Mbappening erlatib bergan zarbasini Mendi ushlab oldi.

83. O'yin taqdiri, katta ehtimol bilan, hal bo'ldi.

gettyimages-2281327400-2048x2048.jpg

⚽️ 82. GOL! Barkolya hisobni ikkitaga oshirdi! Hozirgina zaxiradan tushgan futbolchiga to'p uzatildi, u esa darvozabonning ustidan to'pni oshirib, gol urdi!

79. Jekson o'ziga uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq noaniq ketdi…

74. Due chapdan kirib borib zarba berdi, Mendidan yana bir seyv!

72. Olisening uzoqdan yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqdi, darvozabon to'pni ushlab oldi.

69. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

68. GOL! Jeksonning ajoyib zarbasi golga aylandi, biroq ushbu vaziyatda u o'yindan tashqari holatda qolgan ekan.

67. Birinchi bo'limdan mutlaqo farq qilmoqda ikkinchisi. Xo'sh, buyog'iga Senegal qanday harakat qiladi?

gettyimages-2281938639-2048x2048.jpg

⚽️ 66. GOL! Mbappe hisobni ochdi! Olisening zargarona uzatmasini Kilian darvozaga yo'lladi va gol urdi!

64. Olise Mbappega yaxshi uzatma bergan edi, biroq “Real” hujumchisi to'pga eta olmadi.

61. Yo'q, hech qanday penalti belgilanmadi. Burchak zarbasi ham yo'q.

60. Ali Rizo Fag'oni monitorni borib ko'rmoqda. Hayajonli lahzalar…

59. Holat VARda ko'rilmoqda. Mane Mbappeni yiqitgan bo'lishi mumkin.

58. Kilian jarima maydonchasi ichida yiqildi, bosh hakam Fag'oni esa bu vaziyatda qoida buzilmaganini bildirdi.

56. Mbappe zo'r vaziyatga chiqib borib zarba berdi, Mendidan yana bir super seyv!

55. Jekson o'ziga uzatilgan to'pni to'g'rilay olmadi, Upamekano yaxshi harakat qildi.

53. Olisa jarima maydonchasiga kirib borib, darvozaga zarba berdi, Mendi ajoyib seyv ko'rsatib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi!

52. Sarr oldinga yurish qilgandi, biroq Saliba undan ildamroq harakat qilib, to'pni olib qo'ydi.

47. Duening uzoq masofadan yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi.

🕛 46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

🕘 45+6. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+6. Sarr juda qulay vaziyatdan darvoza tomon zarba berdi, biroq noaniq bo'ldi… zo'r vaziyat uvol ketdi…

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

40. Manening uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Menyan qaytardi.

📊 35. Qiziq fakt: xG bo'yicha ustunlik - 0,2 - 0,24

26. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

gettyimages-2281319798-2048x2048.jpg

25. Jekson!!! Senegallik hujumchi chapdan oldinga yurish qilib darvozaga zarba berdi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi…

19. Fransiya tomonidan nihoyat zarba bo'ldi, biroq bu senegallik himoyachilardan o'tmadi. Hozircha xavfli vaziyat ko'rmadik ikki tomonda ham.

7. Nyakate oldinga yurish qilgandi, biroq francuz himoyachilari yaxshi harakat qilib, to'pni olib qo'yishdi.

2. Dastlabki daqiqalarda afrikaliklar faol boshladi, dastlabki hujum ham ular ijrosida bo'ldi.

🕛 1. O'yin boshlandi!

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Jahon chempionati I guruhi 1-turidan o'rin olgan Fransiya va Senegal terma jamoalari o'rtasidagi bahsning matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia