

"Xall Siti" - "Manchester Yunayted" 2:0
Gollar: 17 - Semi Ajayi, 38 - Nobel Mendi
“Xall Siti”: 19. Konstantinos Colakis, 2. Lyui Koyl (18. Kodi Dramex, 71’), 6. Semi Ajayi (17. Patrik Makneyr, 65’), 32. Nobel Mendi (22. Lukas Xerrington, 64’), 3. Rayan Jilz (23. Mett Tarjett, 85’), 15. Jon Igan, 27. Regan Sleyter, 25. Metti Kruks, 21. Elliot Straud (7. Liam Millar, 71’), 10. Muhammad Bellumi, 9. Oliver Makbarni.
Zaxira: 12. Dillon Fillips, 14. Yens Xertyo-Dal, 29. Lyuka Gurna-Duat, 26. Kiran Dauell.
“Manchester Yunayted”: 1. Senne Lammens, 5. Xarri Maguayr, 26. Eyden Xeven, 23. Lyuk Shou, 3. Nussayr Mazraui (2. Diogu Dalot, 80’), 18. Yuri Tilemans (37. Kobbi Maynu, 67’), 17. Andrey Santos (30. Benyamin Sheshko, 67’), 8. Brunu Fernandesh, 10. Mateus Kunya (31. Shi Leysi, 80’), 13. Patrik Dorgu (9. Markus Reshford, 46’), 19. Brayan Mbemo.
Zaxira: 12. Karl Darlou, 6. Lisandro Martines, 15. Leni Yoro, 11. Joshua Zirkzee.
Ogohlantirishlar: 34 - Patrik Dorgu, 42 - Metti Kruks, 90+6 - Liam Millar
90+6. O'yin yakunlandi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.
84. Maguayrning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng to'pni Colakis ushlab oldi.
81. Havolatib uzatilgan to'pni Sheshko bosh bilan darvozaga yo'llay olmadi…
78. Mbemo darvozabon bilan qariyb birga-bir vaziyatga chiqib bordi, uning zarbasini esa Colakis qaytardi!
76. Mbemoning zarbasi xavfli, lekin noaniq bo'ldi.
74. Fernandeshning pas aralash zarbasi noaniq bo'ldi.
73. Dramexning erlatib bergan zarbasi birozgina noaniq ketdi…
69. Ayni vaqtda Lyui Koylga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Bundan avvalroq ikkinchi gol muallifi Mendi ham jarohat olgandi. Mavsum boshidan…
67. Mazraui juda qulay vaziyatdan zarba berdi, biroq aniqlik yetishmadi.
66. MYU markazdan, o'ngdan hujumlarni ko'paytirmoqda, ammo birortasi xavfli vaziyatga aylanib ketmayapti. Boisi, “Xall Siti” himoyada mustahkam o'ynamoqda.
62. Endi zarba navbati - Bellumiga. Biroq bu safar noaniq bo'ldi.
59. Brununing uzoqdan yo'llagan zarbasi aniq bo'ldi, to'pni Colakis ushlab oldi.
51. Xevenning bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
46. Reshford bir mavsum “Barselona”da o'ynab kelgach, MYUga qaytdi va o'yinga qo'shildi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
44. Dorguning bosh bilan yo'llagan zarbasi o'ta noaniq bo'ldi.
43. Bo'lim so'nggida MYU hujumlar sonini oshirishini kutgandik, biroq bu o'xshamayapti.
39. MYUning holati yanada qiyinlashdi. Kambek ko'ramizmi?

38. GOL! Mendi hisobni ikkitaga oshirdi! Jarima zarbasidan havolatib uzatilgan to'pni Nobel bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi!
35. Mbemoning akrobatik uslubda bergan zarbasidan so'ng to'p himoyachilarga tegib qaytdi.
29. O'ng qanotdan havolatib uzatilgan to'pni Dorgu darvozaga to'g'rilab qo'ymoqchi edi, biroq, o'xshamadi…
25. Dorguning darvoza tomon yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.
21. Mezbonlar to'xtamoqchi emas: Bellumining kuchli zarbasi noaniq bo'ldi.
18. MYU gol o'tkazib yubordi birinchi, buyog'iga jamoa qanday harakatlanar ekan?!

17. GOL! Ajayi hisobni ochdi! Burchakdan uzatilgan to'pni Makbarni darvozaga yo'lladi, Senne qaytardi, so'ng qaytgan to'pni Semi darvozaga kiritdi!
16. “Xall Siti”dan yana bir hujum va bu safar ham zarbani Lammens bartaraf etdi!
15. Hujum navbati endi mezbonlardan: havolatib uzatilgan to'pni Makbarni boshi bilan darvozaga yo'lladi, Lammensdan seyv!
13. Mbemoning kuchli zarbasini Colakis bartaraf eta oldi!
7. Ilk daqiqalarni MYU faol boshladi, to'p nazorati ularda.
1. Bilasizmi, do'stlar, ayni vaqtda biz ko'rib turgan uchrashuvda yomg'ir yog'moqda. Tumanli albion degani shu bo'ladi. Toshkentda esa havo harorati 32 daraja issiq.
1. O'yin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni APL 1-tur doirasidagi "Xall Siti" - "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.



