

Murabbiy va Xitoy terma jamoasi o'rtasidagi bitim 2019 yilning yozigacha amal qiladi.
Italiyalik mutaxassis oldiga jamoani Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga olib chiqish vazifasi qo'yildi. Ayni damda xitoyliklar o'z guruhlarida 6 ochko bilan so'nggi o'rinni egallab turishibdi. Ular oxirgi ikki bahsni Qatar va O'zbekiston terma jamoalariga qarshi o'tkazadi.




