Lionel Messi: “Riberi Yevropaning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan sovringa haqli”
13 sen 2013, 10:04
“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi, 2012/13 yil mavsumi oralig'ida UEFA tomonidan Yevropaning eng yaxshi futbolchisiga berilgan sovrin, “Bavariya” yarim himoyachisi Frank Riberiga haqli ravishda topshirilganligini aytib o'tdi.
“To'g'risi uchinchi marotaba eng yaxshi futbolchilar qatoriga tushib qolganimdan ajablandim. Jahonda kuchli futbolchilar ko'p va men ularga raqobatchi ekanligimdan juda xursandman. Biroq Riberi bu sovringa haqli ravishda erishdi”, - deydi Messi.