Lionel Messi klublar o'rtasidagi JCH finalida o'ynashi mumkin

Narzulla Saydullayev
18 dek 2015, 22:30
AS nashrining xabar qilishicha "Barsa" futbolchisi Lionel Messi "River Pleyt"ga qarshi o'ynay oladi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi "Guanchjou"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinni sog'lig'idagi muammolar sababli o'tkazib yuborgandi.

Endilikda uning buyragidagi muammolar hal bo'lgan. Biroq, shifokorlar futbolchiga biroz dam olishni maslahat bermoqdalar.

Agar u ertangi mashg'ulotlarda qatnashadigan bo'lsa, finalda maydonga tushishi mumkin bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: AS