Lionel Messi Barselonaga kelgan ilk paytlarini esladi

Alisher
23 noya 2019
"Barselona" yetakchisi klubga kelgan ilk paytlarini esladi.

- Men Barselonada 15 kun bo'ldim, so'ngra Argentinaga qaytib ketdim. Bir necha oydan keyin qo'ng'iroq qilishdi va men ijobiy javob qaytardim. So'ngra bu erga kelib orzumni amalga oshirishga kirishdim. Bu men va oilam uchun baxt edi. To'g'risini aytsam, o'sha paytda meni qanday ulkan o'zgarishlar kutayotganligini tushunmas edim. Men hali bola edim. Mening xohishim, bu erga kelib o'ynash edi. Bu men va oilam uchun qanday mashaqqatli va qiyin ekanligini bilmasdim. Jarohat oldim, tiklanganimdan so'ng bo'lgan ilk uchrashuvimda yana jarohat oldim. Bu qiyin damlar edi, ammo menda uyga kyetish fikri hayolimga ham kelmagan. Akalarim Argentinaga kyetishdi, singlimning ko'nikishi esa qiyin kechdi, chunki u eng kichigi edi. Onam u bilan Argentinaga kyetishga qaror qildi. Men esa yolg'iz qoldim. Ammo, men doim shu erda qolishni xohlayotganimga shubha qilmasdim, - deydi Messi.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport