Lionel Messi ayni vaqtda dunyoning eng yaxshi himoyachisi nomini aytdi

Nozimov Nig'monxo'ja
12 sen 2023, 09:12
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi ayni vaqtda dunyoning eng yaxshi himoyachisi kimligini aytdi.

“Menimcha, ayni vaqtdagi eng yaxshi himoyachi - Kristian Romero. U Ekvadorga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatdi va mening qarashlarim bo'yicha Romero o'yining eng yaxshisi bo'ldi. U menga doim oldinda o'ynashim kerakligini aytadi, chunki Romero doim raqib bilan birga bir harakat qilishni istaydi. Hujumkor futbolchilar uchun aynan shunday himoyadagi sherik lozim”,-deb fikrini yakunlagan Lionel Messi. 

25 yoshli himoyachi joriy mavsum “Tottenxem” safida APL bahslarining 4 ta uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 60 million evro.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com