"Lion" xarid qilish sharti bilan Valbuenani ijaraga olishi mumkin
Aslanov Jasurbek
4 avg 2015, 14:47
Fransiya vice-chempioni "Lion" Moskvaning "Dinamo" yarim himoyachisi Mate Valbuenani ijaraga olmoqchi.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Lion" futbolchini 7 mln. evro evaziga xarid qilish sharti bilan Valbuenani bir yilga ijaraga olmoqchi. "Dinamo" Valbuena maoshining bir qismini to'lashda davom etadi.
Francuzning Moskva klubidagi oylik maoshi 275 ming evro.