"Lion" to'rt murabbiy nomzodini ko'rib chiqmoqda

Mirjalol Normatov
9 may 2021, 12:12
"Lion" rahbariyati ushbu mavsumdan keyin shartnomasi yakunlanadigan Rudi Garsiya bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.

"L’Équipe" xabariga ko'ra, "olimpiyachilar" to'rt murabbiy nomzodini ko'rib chiqmoqda: Patrik Vieyra ("Nicca"da ishlagan), Kristof Galte ("Lill"), Marselo Galyardo ("River Pleyt") va Roberto De Dzerbi ("Sassuolo").

"Lion" mavsum yakunlanishiga 2 tur qolganida turnir jadvalining uchinchi pog'onasini qayd etib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Équipe