"Lion" o'yinchisiga "Yuventus" va "Chelsi" klublari qiziqmoqda

Alisher
28 fev 2020, 15:50
"Lion" yarim himoyachisi Ussem Auarga ikki top-klub qiziqmoqda.

Futbolchi bilan yozda shartnoma imzolamoqchi bo'lganlar orasida "Chelsi" va "Yuventus" klublari bor.

Xabar berilishicha, shu ikki klub "Lion"ning moliyaviy ehtiyojlarini qondirishga tayyor. Francuzlar pleymeykerlari uchun 50 million evro so'rashmoqda.

Auar joriy mavsum Liga 1'da 23ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: express.co.uk