Lingard Sulsher bilan kelajagi borasida suhbatlashib oladi

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2021
MYU yarim himoyachisi Jessi Lingard klubni tark etmoqchi.

"Sky Sports nashrining xabar berishicha, "Vest Xem" hujumchini sotib olish niyatida. Jessi Lingard esa mavsum oldidan Ole-Gunnar Sulsher bilan kelajagi borasida suhbatlashib olmoqchi. Futbolchi jamoa rejalariga kirmaydigan bo'lsa, klubni tark etadi.

Eslatib o'tamiz, Lingard o'tgan mavsum "Vest Xem" tarkibida 16 o'yin o'tkazib, 9ta gol urishga erishgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: SkySports.com