Lingard "Nyukasl"ga to'laqonli o'tmoqchi emas

Mirjalol Normatov
21 yanv 2022
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingardning xizmatlariga "Nyukasl" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

Ammo futbolchining o'zi faqatgina ushbu mavsum yakuniga qadar ijaraga kyetishga tayyor. Lingard "Manchester Yunayted"da asosiy tarkib uchun kurashmoqchi.

O'z navbatida "Nyukasl" ham futbolchining ijarasiga tayyor turibdi. Agarda transfer amalga oshgan taqdirda "qarg'alar" futbolchining maoshini to'liq to'lab beradi.

Oldinroq MYU futbolchisini "Vest Xem"ga qo'yib yubormagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano