Lingard Angliyada qolgan holda ijaraga yo'l olmoqchi

Alisher
18 yanv 2021, 18:23
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard boshqa klubga ijara asosida ketmoqchi.

Lingardga Angliya Premer-ligasi jadvalining so'nggi o'rnida borayotgan "Sheffild Yunayted" klubi qiziqish bildirmoqda.

Jamoa kuchayish uchun o'yinchi qidirmoqda va klub Jessini MYUdan joriy mavsumning so'nggiga qadar ijaraga olmoqchi.

Lingard 2020/21 yilgi mavsum manchesterliklar tarkibida kubok musobaqalarida 3ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph