Lineker - Ronalduning APLdagi 100 goli haqida: "Bu uning ruxan kuchliligini bildiradi"
Mirjalol Normatov
24 apr 2022, 13:09
Sobiq futbolchi Gari Lineker "Arsenal"ga qarshi o'yinda APLdagi 100-golini urgan Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
"APLdagi 100 gol Krishtianu Ronaldu uchun ajoyib natija.
Ayniqsa bu holat uning oilaviy hayotidagi tragik hodisadan keyin bo'lgani uning ruxan kuchliligini va irodasining baquvvatligini bildiradi", - deb yozadi sobiq futbolchi.