Lineker - "Chelsi"ning hisoblanmagan goli haqida: "VARni sevaman"

Mirjalol Normatov
16 may 2021, 13:13
Futbol eksperti Gari Lineker "Lester"ga qarshi o'yinda "Chelsi"ning so'nggi daqiqada hisoblanmagan golini ajoyib nishonladi.

"Men VARni sevaman", - deb yozadi sobiq futbolchi o'z tvitterida.

Qayd etish kerak, Lineker "Lester" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 1978-1985 yillarda "Lester"da o'ynagan.

Eslatib o'tamiz, "Lester" o'z tarixida ilk marta Angliya Kubogini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal