Lineker Bokudagi stadionni tanqid qildi

Aslanov Jasurbek
30 may 2019, 11:40
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi, hozirgi kunda televideniyada ekspert sifatida ishlayotgan Gari Lineker "tvitter"da Yevropa ligasi finaliga o'tgan Bokudagi "Olimpiya" stadioni haqida fikr bildirdi.

"Uzoq yo'l bosib, evrokubok finalini ko'rish uchun kelasan. Ammo o'z joyingga o'tirganingdan so'ng, uyda qolganim yaxshi deb o'ylaysan, chunki tribuna maydondan juda uzoqda" - deb yozda Lineker.

Yevropa ligasi finalida "Chelsi" "Arsenal"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/GaryLineker