"Lill" - "Portu" uchrashuvi yopiq tom ostida o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
20 avg 2014, 11:59
"Lill" bosh murabbiyi Rene Jirarning takidlashicha, "Portu"ga qarshi Chempionlar Ligasining birinchi pley-off uchrashuvi yopiq tom ostida o'tishi mumkin.
Fransiya shimolida yomg'ir tinmay yog'ayotgani sababli mutasaddilar shunday qarorga kelishlari mumkin. Francuz jamoasining "Per Morua" stadioni yopiladigan tom bilan jihozlangan.

"Bizda raqibning havosini to'sib qo'yish fikri bor. Bu albatta hazil, biz shunchaki o'yinni muxlislar uchun qulayroq qilmoqchimiz. Bu klub uchun muammo emas" - deydi Jirar.

Eslatib o'tamiz, "Lill" va "Portu" o'rtasidagi uchrashuv 20 avgust Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com