"Lill" Pepeni sotib oldi

Narzulla Saydullayev
22 iyun 2017, 07:46
"Lill" "Anje" hujumchisi Nikolya Pepeni o'z safiga qo'shib oldi.

22 yoshli ivuarlik futbolchi "kuchuklar" bilan besh yillik shartnoma tuzdi. Transfer 10 million evroga baholandi.

O'tgan mavsumda Pepe "Anje" safida 33ta o'yin o'tkazib 3ta gol urdi va bitta golli pas berdi.

"Lill" ushbu yozda Pepedan oldin Luis Araujoni sotib olgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lequipe.fr