"Lill" murabbiyi: "Benzema - ajoyib o'yinchi. Bu "Oltin to'p" uchun muhimi"

Alisher
17 okt 2021, 13:30
"Lill" bosh murabbiyi Joslen Gurvennek "Oltin to'p"ni bu yil "Real" hujumchisi Karim Benzema olishi kerak deb hisoblaydi.

"Karim - ajoyib o'yinchi. U anchadan beri shunaqa. Uning Millatlar Ligasidagi o'yini "Oltin to'p" darajasida edi. U qanday harakatlanishni biladi va doim to'g'ri qaror chiqaradi.

Benzemaning o'yinini ko'rish - yoshlar uchun yaxshi imkoniyat. Sababi u jamoasiga to'pni qaytarish uchun yuguradi, qachonki to'p uning jamoasida bo'lsa, Karim doimo ochiq.

Ajoyib o'yinchi. Bu "Oltin to'p" uchun keraklisi. Agar u bu yilda ushbu sovrinni olsa, men u uchun juda ham mamnun bo'laman", - deydi Gurvennek.

"Oltin to'p"ni taqdirlash marosimi 29 noyabrda Parijdagi Shatl teatrida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca