Liga 1. "Monako" o'ziga kelmoqda, bu turda yirik g'alaba

Eldor Akmurzayev
29 sen 2019, 01:10
Fransiya chempionatining 8-turida Monako ishonchli tarzda Brestni taslim (4:1) etdi.

Leonardo Jardim shogirdlari o'tgan turda Nicca ustidan (3:1) zafar quchishgandi. Ushbu muvaffaqiyatli o'yinlardan keyin monakoliklar autsayderlar qatoridan uzoqlashib, 9 ochko to'plagan holda 12-o'ringa ko'tarilishdi. 

Monako – Brest 4:1 (1:0, 3:1)

Lui II

Gollar: 1:0 – 26 Ben-Yedder, 2:0 – 62, penalti Slimani, 3:0 – 73 Jelson Martinsh, 3:1 – 77 Mendi, 4:1 – 90 Keyta Balde.

Monako – Lekomt, Glik, Badiashile, Jemerson, Ballo-Ture, Golovin (Adrien Silva, 78), Bakayoko, Fabregas, Jelson Martinsh (Agilyar, 90), Ben-Yedder (Keyta Balde, 86), Slimani.

Brest – Larsonner (Leon, 58), Kastelletto, Ben, Perro, Fossure, Lasn, Otre (Mendi, 24), Belkebla (Gransir, 66), Diallo, Kur, Sharbone.

Ogohlantirishlar: Ballo-Ture (14), Mendi (51), Ben (89).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia