Liga 1. "Lans" o'z maydonida "Nicca"ga mag'lub bo'ldi, Husanov ikkinchi taym boshida maydonga tushirildi

Alisher
17 mar 2024
Liga 1 26-tur doirasidagi "Lans" - "Nicca" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlarning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov o'yinni zaxiradan boshladi va 46-daqiqada Gradining o'rniga maydonga tushirildi. Afsuski, Husanov "Nicca"ning uchinchi goliga sababchi bo'lib qoldi, aniqrog'i u ishlatgan qoidabuzarlikdan so'ng hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi va himoyachiga sariq kartochka ko'rsatdi.


"Lans" - "Nicca" 1:3

Gollar: 0:1 – 11 Moffi, 0:2 – 53 Tyuram, 0:3 – 67, penalti Moffi, 1:3 – 76 Vai.

"Lans": Samba, Agilyar (Said, 63), Gradi (Husanov, 46), Danzo, Medina, Frankovski, Mendi (Diuf, 63), David Koshta (Fyuljeni, 76), El-Enaui (Tomasson, 76), Sotoka, Vai.

"Nicca": Bulka, Lotomba, Dante, Todibo, Perro, Sanson (Lushe, 31), Rosario (Klod-Moris, 82), Tyuram, Boga (Gessan, 60), Moffi (Mendi, 82), Cho (Labord, 61).

Ogohlantirish: Agilyar (37), Tyuram (40), Perro (46), Frankovski (62), Husanov (65), Rosario (78), Tomasson (89).


LIGA 1 TURNIR JADVALI


AlisherMuallif
Manba: championat.asia