"Lids"ga "Manchester Yunayted" futbolchisi kerak

17 dek 2020, 00:19
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Deniel Jeyms faoliyatini "Lids"da davom ettirishi kutilmoqda.

"Tovuslar" Jeymsni 2020/2021 yilgi mavsum yakuniga qadar ijaraga olmoqchi. "Qizil iblislar" tarkibida o'yin amaliyotiga ega bo'lolmayotgan Deniel ushbu taklifni qabul qilishi mumkin. Marselo Belsa boshchiligidagi "Lids"dan tashqari Karlo Anchelottining "Everton"i ham MYU futbolchisi uchun da'vogarlik qilyapti.

23 yoshli uelslik futbolchi joriy mavsum bor-yo'g'i 3 ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: telegraph.co.uk