"Lids" "Yuventus" xavbekini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
6 apr 2023
Futbolchi bilan shartnoma bo'yicha kelishib olindi.

"Lids" "Yuventus" yarim himoyachisi Ueston Makkenni bilan bitim tuzmoqchi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

"Oqlar" amerikalik futbolchini 34,5 million evroga sotib olish imkoniyatiga ega. Ular APLda qolishsa, bu bandni faollashtirishadi. Futbolchi bilan 4 yillik shartnoma imzolangan, unga ko'ra u yiliga 4,2 million evro oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira