Li Karsli Angliya terma jamoasining vaqtinchalik ustozi etib tayinlandi

Sherzod Nurmatov
9 avg 2024, 18:22
Bu haqda Angliya futbol assotsiatsiyasi rasman e'lon qildi.

Ma'lum qilinishicha, Karsli Angliya U-21 terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketgan va FA doimiy bosh murabbiy topguniga qadar ushbu lavozimda qoladi.

"Angliyaning ushbu avlodi bilan vaqtinchalik bo'lsa-da ishlash – katta sharaf. Bu futbolchilar bilan yaxshi tanishman. Angliya futbol assotsiatsiyasi yangi bosh murabbiy topgunicha milliy termani boshqarib turishdan mamnunman", – dedi Karsli.

50 yoshli mutaxassis Angliya termasini sentyabr oyida kechadigan Irlandiya va Finlyandiya bilan uchrashuvlarda maydonga boshlab tushadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: thefa.com