LFP prezidenti: "O'ylashimcha, Gvardiola "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytiradi"
Aslanov Jasurbek
7 okt 2015, 14:16
Ispaniya professional futbol ligasi prezidenti Xaver Tebasning fikricha, "Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o'z klubi bilan shartnomani uzaytiradi.
"Gvardiola "Bavariya"dan uch yildan ko'proq ishlaydi. U olti yil davomida "Barselona"da ishladi. Demak, Pep bir jamoada uzoq ishlashni xush ko'radigan murabbiylar sirasiga kiradi" - deydi Tebas.