“Leyptsig” Vernerga o'rinbosar topdi

19 iyun 2020, 09:15
Uning o'rnini “Monako” to'purari egallashi mumkin.

“Leyptsig” klubi “Monako”dan Vissam ben Yedderni sotib olishni rejalashtirmoqda. Nemis klubi “Chelsi”ga sotib yuborilgan Timo Vernerga o'rinbosar sifatida franciyalik 29 yoshli hujumchini ko'rmoqda. Qayd etish joiz, Vissamning xizmatlariga MYUdan ham qiziqish bor. Uning o'zi ham klubdan ketish niyatida va YCHLda harakat qiladigan jamoaga o'tishni xohlamoqda.

Forvardning “Monako” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

2019/20 yilgi mavsum ben Yedder “Monako” safida 31 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Le10Sport