"Levandovskining 2023 yilgacha shartnomasi bor. Uni 12 iyul kuni "Bavariya" mashg'ulotida kutaman"

Aziz Tukhtamuradov
23 iyun 2022, 08:10
"Bavariya" sport direktori Xasan Salixamijich Robert Levandovskini mashg'ulotlarda kutishini aytdi.

- "Bavariya" Sadio Mane bilan shartnoma imzolash orqali Robert Levandovskisiz kelajakka zamin tayyorladimi? 

- Savolingizni tushundim. Ammo bizning poziciyamiz aniq. Robertda 2023 yilning yozigacha shartnoma bor. 


- Agar "Barselona" 50 million evro taklif qilsa, "Bavariya" o'zining mana shunday qattiq poziciyasini ushlab qola oladimi? 

- Bu haqida o'ylamayapman. Robertni 12 iyul kuni mashg'ulotlarda kutaman", - dedi myunxenliklar klubi sport direktori. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Bayern&Germany