

Uchrashuvda Robert Levandovski dublni rasmiylashtirdi va professional faoliyatidagi 600 hamda 601-gollarini urishga erishdi. XXI asrda bunday natijaga faqatgina ikki futbolchi erishgandi – Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi.
U “Barselona” safida 16 ta (14 o'yin), “Bavariya”da 344 ta (375 o'yin), “Borussiya D”da 103 ta (186 o'yin), “Lex”da 41 ta (82 o'yin) “Znich”da 21 ta (32 o'yin) gol urgan bo'lsa, Polsha TJ safida 134 bahsda 76 ta to'p kiritgandi.


