Levandovski, Ronaldu va Messi - YCHLda hafta futbolchisi bo'lish uchun da'vogar

Mirjalol Normatov
9 avg 2020, 11:28
UEFA YCHL 1/8 finali javob o'yinlarining eng yaxshi futbolchisi bo'lishi uchun da'vogarlar ro'yxatini e'lon qildi.

Bunda 4 nafar futbolchining nomi ko'rsatilgan.

"Real"ga qarshi o'yinda "Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker 85 foiz aniq pas berdi.

"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu "Lion"ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi.

"Barselona" hujumchisi Leo Messi "Napoli" bilan o'yinda bir gol urdi va jamoasiga penalti ishlab berdi.

"Bavariya" forvardi Robert Levandovski "Chelsi" bilan o'yinda 4 ochko (2+2) ishladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com