Levandovski "Real"ga o'tmoqchi

Sherzod Nurmatov
16 okt 2021, 19:44
Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski Myunxenning "Bavariya"sidan ketish haqida o'ylamoqda.

Manbaga ko'ra, polshalik hujumchi "Bavariya" rahbariyatiga Madridning "Real" klubiga o'tmoqchi ekanligini aytgan.

Levandovskining Germaniya chempioni bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha mo'ljallangan.

33 yoshli futbolchi ushbu mavsumda Bundesliga doirasidagi 7 o'yinda 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS