Levandovski "Real"ga o'tmoqchi

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2016, 16:10
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini "Real"da davom ettirmoqchi.

Ma'lum bo'lishicha, 27 yoshli futbolchi "Qirollik klubi"ni tanlab "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Chelsi" takliflarini rad etmoqchi. Agar "Real" FIFAning transfer sankciyalarini bekor qila olsa, Robert "qaymoqranglilar" safiga o'tadi.

Hujumchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yozigacha belgilangan. Oldinroq "Real" Levandovskini xarid qilish uchun 100 mln. evro sarflashga tayyor ekanligi e'lon qilingan edi.

Hujumchi joriy mavsumda Bundesliganing 17 uchrashuvida, 17 ta gol urgan.

Germaniya chempionati turnir jadvali va to'purarlar bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph