Levandovski qishda "Barsa"dan ketishni rejalashtirmayapti. Uning 2026 yilning yozida erkin agent bo'lib ketish ehtimoli yuqori

Alisher Ostonov
8 noya 2025, 11:32
Robert Levandovski mavsumni "Barselona"da yakunlaydi.

Robert Levandovski yanvarda "Barselona"ni tark etishni rejalashtirmayapti, deya xabar bermoqda insayder Fabricio Romano.

37 yoshli forvard mavsumni Kataloniya klubida yakunlamoqchi. Tomonlar 2026 yilning yozida, Levandovskiyning shartnomasi tugagach, xayrlashish ehtimoli yuqori.

Polshalik futbolchi joriy mavsum La Ligada 8 ta o'yinda 4 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano