Levandovski mavsumdagi beshinchi xet-trikiga erishdi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2017, 22:36
“Bavariya” va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski Germaniya chempionatining 26-turida “Augsburg”ga (6:0) qarshi bahsda raqib darvozabonini uch bor xafa qildi.

Bu polshalik hujumchining joriy mavsumda barcha turnirlardagi beshinchi xet-trigi bo'ldi. Ilgari u Germaniya kubogi doirasida “Karl Ceys”, Germanya chempionati bahslarida “Verder” va “Gamburg” hamda JCH-2018 saralashi doirasida Daniya termasiga bir o'yinda uchta gol urishning uddasidan chiqqandi.

Joriy mavsumda Levandovski Bundesligada 26 ta o'yinda 24 ta gol urib, beshta golga assistentlik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Squawka