Levandovski Madridga yo'l olishi mumkin

Оқил Абдубарноев
20 mar 2024
"Barselona" polshalik forvard Robert Levandovski bilan xayrlashmoqchi.

Diario Sport bilan hamkorlik qilayotgan jurnalist Ruben Uriya o'zining Twitch kanalida xabar berishicha, "Barselona" yozda forvard bilan xayrlashmoqchi.

"Atletiko Madrid" vaziyatni kuzatib bormoqda va futbolchini transfer qilish ehtimoli mavjud.

Joriy mavsumda polshalik hujumchi La Ligada 27 uchrashuvda ishtirok etib, 13 ta gol urdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Objetivo.Atletico