Levandovski Bundesligada rekord o'rnatdi

Mirjalol Normatov
29 sen 2019
"Bavariya" forvardi Robert Levandovski Germaniya chempionatining 6-turi doirasida "Paderborn"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.

Polshalik futbolchi Bundesliganing dastlabki 6 o'yinida 10 gol kiritishga erishdi. Bu esa liganing rekordi hisoblanadi.

Bunga qadar faqatgina 4 futbolchiga ushbu natijani qayd etish nasib etgan: Yupp Xaynkes, Gerd Myuller, Peter Meyer va Lotar Matteus.

2014 yilda erkin agent sifatida "Bavariya"ga o'tgan Levandovski yaqindagina klub bilan shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal