"Borussiya" hujumchisi Robert Levandovski YCHL 2-turidan o'rin olgan "Marsel"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz barcha vazifalarni bajardik va ideal o'yin o'tkazdik. Natijadan qoniqdik, ammo keyingi o'yinda ham shunday natijaga erishmoqchimiz. "Marsel"da deyarli vaziyatlar sodir bo'lmadi, bu esa biz uchun ijobiy jihat", - deydi Levandovski.