Levandovski "Bavariya" haqida: "Klub va shahar men uchun uyimdek, ammo..."

Aziz Tukhtamuradov
8 iyun 2022, 09:44
Hujumchi Robert Levandovski "Bavariya"dan ketishi haqida gapirdi.

"Bu haqida ko'p gapirishni istamayman. Men "Bavariya"ni juda hurmat qilaman, biz so'nggi 8 yili ichida ko'p narsaga erishdik. 

Klub va shahar men uchun uyimdek. Bu yerda maydonda va uning atrofida ajoyib insonlarni uchratdim. Ammo ketish - futbolning bir qismi. Agar menga o'zgarishlar kerakligini his qilsam, bu haqida aytishim lozim. Bu mening qarorim. 

OAV dunyosi va futbol dunyosi - boshqa-boshqa narsalar. OAVda mish-mishlar ko'p tarqaladi. Futbol dunyosida esa jimlik muhim, ayniqsa transferlar oynasi vaqtida. 

"Bavariya"ga barcha yaxshi tilaklarimni tilayman, rahbariyat haliyam shunday o'ylayotganiga shubhalanayotganim yo'q. Shuning uchun ham biz kelishuvga erisha olamiz", - dedi hujumchi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru