Levandovski “Barselona”da o'zgacha rekordni takrorladi

Eldor Akmurzayev
22 avg 2022, 09:35
Ispaniya chempionati 2-turida “Barselona” mehmonda “Real Sosedad” ustidan 4:1 hisobida zafar quchdi.

21 avgustda tavallud topgan Robert Levandovski tug'ilgan kunida dublga erishdi. Avvalroq, bu kabi o'zgacha rekordni kataloniyaliklar safida 1996 yil 22 sentyabrda Ronaldo (26 yosh, “Real Sosedad” bilan o'yinda) hamda 1988 yil 11 sentyabrda Xulio Salinas (26 yosh, “Elche” bilan o'yinda) qayd etgandi.

Eslatib o'tamiz, polshalik hujumchi 34 yoshli qarshiladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: MisterChip