Levandovski ajoyib natija qayd etyapti

17 may 2020, 23:10
Biroz avval Berlinda o'tkazilgan "Bavariya" ishtirokidagi uchrashuv nihoyasiga etdi.

Bundesliga. "Bavariya" mehmonda "Union"ni mag'lub etdi

Mazkur bahsda hisob myunxenliklar hujumchisi Robert Levandovski tomonidan ochildi. Bu gol joriy mavsumda polshalik futbolchi uchun "Bavariya" libosida urilgan 40-si bo'ldi (Bundesligada 26, YCHLda 11 va Germaniya kubogida 3ta). 

E'tiborli jihati shundaki, Levandovski qatorasiga beshinchi mavsum ham "Bavariya" uchun kamida 40ta golga mualliflik qilishni uddaladi. U 2016-17 yilgi mavsumda eng yaxshi natijasini qayd etgan – 43 gol.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bleacher Report