Levandovski afsonaviy Gerd Myullerning rekordidan o'zib ketdi

Mirjalol Normatov
7 mar 2021
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski Germaniya Bundesligasida dastlabki 30ta golni eng tez urgan futbolchiga aylandi.

Levandovski Bundesliganing 24-turida "Borussiya" darvozasiga uchta gol urdi. Shu orqali  u 26 o'yinda 30 gol urgan afsonaviy Gerd Myullerning natijasidan o'tib ketdi. Qayd etish kerak, Bundesliganing bir mavsumida eng ko'p gol urish ham aynan Myullerga nasib qilgan - 40.

Ushbu mavsumda 32 yoshli Levandovski "Bavariya" tarkibida 33 o'yinda qatnashib, 37 gol va 8 assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal