Lev Yashin va Igor Belanov “Oltin to'p”dan mahrum bo'lishdi

Aslanov Jasurbek
16 dek 2016
Fransiyaning mashhur France Football haftanomasi “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgan futbolchilarning alternativ ruyxatini tuzib chiqdi.

 

Ta'kidlab o'tish joizki, mukofot tasis etilganidan boshlab to 1995 yilga  qadar ushbu nufuzli sovrinni faqat Yevropa qitasida joylashgan mamlakatlar chempionatlarida ishtirok etuvchi futbolchilar qo'lga kiritishlari mumkin edi. Alternativ ruyxatga ko'ra, Moskvaning “Dinamo” jamoasi afsonaviy darvozaboni Lev Yashin va Kievning “Dinamo” jamoasi hujumchisi  Igor Belanov “Oltin to'p”dan mahrum etilganlar.

Ushbu ruyxatda yana quyidagicha o'zgarishlarni kuzatish mumkin:

1958 yil - Kopa o'rniga Pele

1959 yil – Di Stefano o'rniga Pele

1960 yil – Suares o'rniga Pele

1961 yil – Sivori o'rniga Pele

1962 yil – Masopust o'rniga Garrincha

1963 yil – Yashin o'rniga Pele

1964 yil – Lou o'rniga Pele

1970 yil – Myuller o'rniga Pele

1978 yil  - Kigan o'rniga Kempes

1986 yil – Belanov o'rniga Maradona

1990 yil – Matteus o'rniga Maradona

1994 yil – Stoichkov o'rniga Romario.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football.kulichki.net