"Lester"ning yangi hujumchisi birinchi o'yindayoq jarohat oldi

Tolibjon Qosimov
5 avg 2017, 17:07
Angliyaning ikki yil oldingi chempioni hisoblangan "Lester" jamoasi yaqindagina "Manchester Siti" hujumchisi Kelechi Ixeanacho bilan 5 yillik shartnoma imzolagan edi.

Kecha "tulkilar" Germaniyaning "Borussiya" (Myunxengladbax) klubi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Afsuski, ana shu uchrashuvda jamoaning yangi hujumchisi Ixeanacho jarohat oldi va Ulloaga almashtirildi. Jarohat olgunga qadar Kelechi Vardiga golli pas ham bergan edi. Hozircha, futbolchining jarohati qay darajada ekanligi ma'lum emas.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/SquawkaNews