“Lester Siti” yangi murabbiyi nomi ma'lum bo'ldi

26 okt 2017, 00:33
“Sautgempton” klubining sobiq ustozi Klod Pyuel “Lester”ning yangi murabbiyi sifatida e'lon qilindi.

U “tulkilar” bilan 2020 yilga qadar shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

O'tgan haftada “Lester” rahbariyati rasman Kreyg Shekspirni jamoa bosh murabbiyi lavozimidan ozod etgandi. Shekspir o'tgan yili Ranerining iste'fosidan keyin bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelgandi.

“Lester” APLning 9 ta turidan keyin 9 ochko bilan turnir jadvalining 14-pog'onasida bormoqda. 


O'xshash yangiliklar


Manba: "Лестер Сити" клуби расмий сайти