

Futbolchi parijliklarga kerak emas va yanvarda fransiyalik transferga qo'yilishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko'ra, 30 yoshli xavbek xizmatlariga "Lester Siti" qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi rahbariyati futbolchi vakillari bilan bog'landi.
"Lester" ustozi Klod Pyuel Ben-Arfa bilan "Nicca"da birga ishlagan va futbolchini o'z jamoasida ko'rmoqchi. Xavbekning PSJ bilan shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi.



