"Lester" o'z stadioniga vafot etgan klub xo'jayinining nomini berishi mumkin

Tolibjon Qosimov
30 okt 2018, 19:16
"Lester" uy stadioniga aviaxalokatda vafot etgan klub xo'jayini Vijay Srivaddxanaprabxaning nomini berish variantini ko'rib chiqmoqda.

Milliarderning o'g'li Ayyavatt (u "tulkilar" vice-prezidenti hisoblanadi) bu bilan otasining nomini abadiylashtirmoqchi.

"King Pauer" nomi "Kun Vichay" deb o'zgartirilishi mumkin. Shuningdek, xalok bo'lgan tadbirkorning ismi "Lester"ning yangi mashg'ulot bazasiga ham berilishi taklif qilinmoqda. Yangi bazaning qurilishi yaqin vaqtlarga rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: espn.com