"Lester" o'z yetakchisi uchun "Roma"dan 55 mln. evro talab qilmoqda

Aslanov Jasurbek
14 iyul 2017
"Lester Siti" yarim himoyachi Riyad Marez transferi borasida "Roma"ga o'z shartlarini e'lon qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "tulkilar" faqat 55 mln. evro evaziga futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Oldinroq OAVda, italiyaliklar 30 mln. funt to'lashga tayyorligi ma'lum qilingan edi.

Rimliklar "Liverpul"ga o'tgan Muhammad Salax o'rniga Marezni olib kelmoqchi. So'nggi mavsum jazoirlik futbolchi APLning 36 ta uchrashuvida, 6 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

Futbolchining o'zi mavsumlar oralig'ida jamoasini o'zgartirmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Leggo